Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev «Xabar» telekanali efirida qozoq xalqiga murojaat bilan chiqish qildi. U 30 ta eng taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kirish uchun Qozog‘istonda tarixiy imkoniyat mavjud ekanligini ta'kidladi, deb yozadi NUR.KZ.

Nazarboyev ertaga — 10 yanvar kuni uning har yilgi murojaatnomasi matbuotda chop etilishi haqida ma'lumot berib, bajarilishi lozim bo‘lgan 10 ta vazifani qisqacha tavsiflab berdi:

Birinchidan. Qozog‘iston sanoati yangi texnologiyalar flagmaniga aylanishi kerak. Raqamli jarayonlarni improvizatsiya qilish va zamonaviy biznes-modellarni o‘zlashtirish orqali mehnat unumdorlishini oshirish zarur.

Ikkinchidan. Resurs salohiyatining samaradorligini sezilarli tarzda yaxshilash kerak. Axborot-texnologik yechimlarni tatbiq etish talab etiladi. Ular qazib olinadigan resurslar ulushini oshirish, qayta ishlash chuqurligini uzaytirish, energiya samaradorligi va ishlab chiqarishning ekologikligini oshirishga xizmat qiladi.

Uchinchidan. Agrosanoatda ham yangi texnologiyalardan foydalanish, qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar eksportini oshirish zarur.

To‘rtinchidan. Transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va intellektual transportlarni joriy etish, yuk yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va tranzit tovarlar miqdorini ikki karra oshirish talab etiladi.

Beshinchidan. Zamonaviy texnologiyalardan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligida foydalanish. Qurilishning yangi usullari, binolar energiya samaradorligini oshirish, infratuzilmani boshqarishning intellektual tizimlari qozog‘istonliklarning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir qozog‘istonlikning yashash maydonini kengaytirish vazifasi qo‘yilmoqda.

Oltinchidan. Moliyaviy sektorni qaytadan ishga tushirish. Bank sohasini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari nazorat kuchayishi, oddiy fuqarolarning manfaatlari hisobga olinishi bilan amalga oshirilishi kerak.

Banklarga egalik qilayotganlarning, ularni boshqarayotganlarning mas'uliyatini sezilarli tarzda oshirish zarur. Kreditlashni kengaytirish va fond bozori himoyasini ta'minlash talab etiladi.