AQŞning Nyu-York şahrida ötgan yilning oktabr oyida yuz bergan terakt ijroçiligida özbekistonlik şaxs ayblanayotgani AQŞ va Özbekiston munosabatlariga salbiy ta'sir qilmaydi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosi muxbiri bilan suhbat vaqtida aytib ötdi.
AQŞda biror joyda terror xuruji bölsa, munosabat bildiriladi, javob beriladi. Sakkiz odam öldi, axir. Oğir fojia. Bu voqea ortidagi odam Özbekiston fuqarosi ekani afsuslanarli hol.
Qöşma Ştatlarda immigratsiya masalasi dolzarb bölib turgan paytda yuz bergani uçun ham bu işga e'tibor kuçli. Bu şaxs AQŞga qonunan kelgan.
Xavfsizlik, albatta, qaltis masala. Biz grin karta dasturini örganib çiqib, şuni aniqlaganmizki, bu yöl bilan kelayotganlarning aksariyati Amerikada yangi hayot quriş bilan band va töğri yölda.
Immigratsiya böyiça debatlar qanday qarorlarga yetaklaydi, buni oldindan ayta olmaymiz. Kuzatamiz, ogohmiz. Özbekiston hozirgaça biror çeklov yoki alohida çora bilan yuzlaşadi, degan gap yöq. Terror xurujlarining ta'siri kuçli har doim, lekin Özbekistonga nisbatan salbiy qaraşni sezmayapman. Bu voqeadan keyin Liza Kurtis (Oq uy rasmiysi) Özbekistonga kelib ketdi. Kongressdan sakkiz kişilik delegatsiya kelib ketdi. Prezident Mirziyoyev va Prezident Tramp telefonda gaplaşdi. Bitta voqea bilan aloqalar izdan çiqmaydi», degan AQŞ elçisi.
Eslatib ötamiz, 31 oktabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten tumanida yuk maşinasi velosiped yölagiga ötib, öz yöli ustidagi velosipedçilarni bosib ketdi, söng maktab avtobusiga borib urildi. Yuk maşinasi haydovçisi, Özbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov politsiya tomonidan yaralandi. Terakt oqibatida sakkiz kişi halok böldi, öndan ortiq kişi jarohatlandi.














