AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela Spratlen «Amerika ovozi» teleradiosiga bergan intervyusida Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovni prezident jamoasidagi muhim kişilardan biri sifatida sanadi.
Muxbir elçidan Mirziyoyevning atrofidagi odamlarni qanday baholaşi, uning jamoasi qançalik kuçli ekani haqidagi fikrlarini söragan.
«An'anaviy komanda va unda eski davrdan qolganlar bölsa-da, muhim odamlar bor. Ularning borligidan minnatdormiz. Taşqi işlar vaziri, masalan. Özbekistonning qöşnilari va Afğoniston bilan bugungi oçiq va döstona siyosatda uning xizmati katta.
Şunday. Tajriba va malakaning ahamiyati katta. Şu bilan birga yangi ovozlar va çehralar ham bor. Sarmoya qömitasida, xususan, yoş raisni körasiz. Sobiq mehnat vaziri hozir turizm sohasini boşqarmoqda. Yangi odamlar köp. Ularning ğoyalari quvvatlanişi muhim. Senator Sodiq Safoyevdek maslahatçilar bor, ularning yordami ham muhim. Lekin, bizga ham qiziq: xöş, bu komanda qançalik katta va Prezident kimlarga tayanmoqda? Quvvatlov qançalik işonçli? Prezident berayotgan va'dalar amalga oşişi uçun u atrofidagilarga suyana olişi kerak.
Özbekistonga qaytiş arafasidaman. Özgarişlar töxtamaydigan körinadi va ular davom etişi uçun Özbekiston xalqiga va rahbariyatiga kuç va matonat tilayman. Biz Özbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilişni xohlaymiz, bu aniq», deya elçining sözlarini keltirgan ÖzA.
Elçi şuningdek, Şavkat Mirziyoyevning AQŞ prezidenti bilan uçraşuvi ehimoli haqidagi savolga javob bergan.
«Şunday katta umid bor va har qanday elçi davlatlarning rahbarlari uçraşişini xohlaydi. Eng oliy darajadagi uçraşuv bölsa, men elçi sifatida jon deyman. Ötgan oyda Prezidentlar telefonda gaplaşdi. Samarali muloqot, ijobiy. Keyingi qadamlar ustida harakat ketmoqda. Vaşingtonga taşrif, albatta, eng ajoyib voqea böladi», degan u.













