Foto: Kruz.uz

Şavkat Mirziyoyev ötgan yilning 15-16 dekabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi doirasida Germaniyada 11 yil davomida öqib, işlagan fan doktori Alişer Qurbonovga «Captiva» avtomobilini sovğa qilgani ança şov-şuv bölgan edi.

Kruz.uz naşri Qoraözak tumanidagi «Panaev farms» fermasiga taşrif buyurib, A.Qurbonov bilan suhbatlaşdi.

«Germaniyada 11 yil davomida ham öqib, ham işladim. Dissertatsiyamni nemis tilida yoqladim. Ötgan yili uyga dam olişga kelganimda, Qutlimurat aka (Panayev) meni şu yerda qolib, işlaşimni söradilar. Buning uçun menga barça zarur şaroitlarni yaratib berdilar. Ferma içida uy qurib berdilar. Biroq men bitta joyda uzoq vaqt qolib ketsam, ança qiynalaman. Doimiy harakatda bölişga örganib qolgan edim. Şu bois 19 dekabr kuni yana Germaniyaga ketişga qaror qildim va 6 oy işlab, keyin yana fermaga qaytmoqçi edim. 15 dekabr kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv hayotimni butunlay özgartirib yubordi. Menga “Captiva” avtomobilini sovğa qilişlari hatto tuşimga ham kirmagandi. Prezident bilan uçraşuvdan söng men Qoraqalpoğistonda qolişim kerak ekanini tuşundim. Yöq, bunga Captiva sabab emas. Prezident işonç bildirdimi, demak uni oqlaşim kerak. Xalqimga nafim tegişi kerak. Şundan söng har kuni kamida 2-3 ta fermer fermaga taşrif buyurib, iş jarayonlarimiz bilan örganmoqda».

Kruz.uz

Alişer Qurbonov «Captiva» sovğasini olganidan söng bildirilgan salbiy fikrlar haqida ham töxtalib ötdi.

“Prezident “Captiva” berganidan söng, ijtimoiy tarmoqlarda turli insonlar özi Germaniyada işlagan bölsa, unga “Captiva” berişning nima keragi bor yoki şunga öxşaş tanqidiy fikrlarni bildirişgan. Hatto ayrim insonlar telefon qilib “Jinnimisan, Germaniyada işlab yuravermaysanmi, nima qilasan qaytib”, deb aytişdi. Biroq har bir inson öz yurtida işlaşni xohlaydi.

Kruz.uz

Bilasizmi, Germaniyada işlayotgan hamyurtlarimiz köplab topiladi. Ular ham yurtimizga qaytib, şu yerda işlaşni xohlaşadi, albatta. Biroq ular ham uy oliş uçun pul töplaşadi, kunni kun demay, tunni tun demay işlaşadi. Agar ularga ham yurtimizda yaxşi imkoniyat yaratib berilsa, qaytişga tayyorlar».