Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 aprel kuni «Içki işlar organlarining jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-2898 sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorning 6-bandi ijrosi yuzasidan Qaşqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasida söroq jarayonini stenografiya qiliş, videokuzatuv, şuningdek tergov harakatlarini audio va video qayd etiş tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar taşkil etilib, tergovçilar tomonidan amaliyotda foydalaniş yölga quyildi, deb xabar beradi «Kun.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati.

Maxsus xonalarni taşkil qilişda ilğor xorijiy tajribalar örganib çiqilib, zamonaviy audio va video qayd etiş tizimlari bilan jihozlangan.

Xonalarda viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tergovçilari tomonidan Özbekiston Respublikasi JPK talablari asosida protsess iştirokçilari bilan videokuzatuv yordamida yuzlaştiriş, tanib oliş va boşqa tergov xarakatlari amalga oşirilib kelinmoqda.