​16 yanvar kuni Özbekistonda ilk marotaba Asia alliance bank ATBga qaraşli köp funksiyali​ bankomat işga tuşirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Bank ma'muriyatining xabar berişiça, ayni paytda işga tuşirilgan bankomat orqali xorijiy valyutani sömga ayirboşlaş imkoniyati mavjud. Bunda mijoz heç qanday deklaratsiya qoğozini töldirişi, navbat kutişi talab etilmaydi.

«Boş qarorgohi AQŞda joylaşgan NCR​ kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bankomat orqali köp vazifalarni bajarsa böladi. Bank mijozlariga qulaylik yaratiş maqsadida, inson omili aralaşmagan holda foydalanuvçi mustaqil ravişda valyuta ayirboşlaş amaliyotini bajarişi mumkin. Şunda, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uçun belgilab berilgan valyuta ayirboşlaş yölakçasidan kelib çiqib, belgilangan qiymatga amal qilinadi. Bankomat esa 24 soat mobaynida xalqqa xizmat körsatadi», deydi bank boşqaruvçisi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilda xorijiy valyutani sömga ayirboşlaş funksiyasiga ega bankomatlar Toşkent şahrining har bir tumaniga örnatiladi.

«Şuningdek, Qarşi, Samarqand va Buxoro şaharlarida ham Asia alliance bank​ filiallari işga tuşirilgan bölib, tez orada köp funksiyali bankomatlar viloyatdagi filiallarimizga ham yetkazib beriladi», deydi mutasaddi vakil.

Ayni paytda bankomat xizmatidan foydalaniş bir daqiqadan köp vaqtni olmaydi: barçasi elektron tugmani bosiş bilan hal böladi.

Bankomatdan foydalaniş uçun mos tilni tanlaş, valyutani kiritiş zarur. Bankomat avtomatik tarzda banknotning qiymati va haqiqiyligini ekranda tasdiqlaydi, şundan söng, valyutani naqd milliy söm puliga ayirboşlaşga rozilik beriladi.

Ta'kidlaş joizki, valyuta ayirboşlaşda heç qanday çeklov yoki kommisiya puli uşlab qolinmaydi. Bankomat esa örnatilgan tartibda mijozga bosma kvitansiya çiqarib berişi nazarda tutilmoqda.