Dron oçiq dengizga çiqib qolgan avstraliyalik ikki ösmirni qutqarişda yordam berdi. Bu haqda Surf Life Saving taşkiloti saytida xabar qilingan. Tegişli video YouTube’da joylaştirildi.
Xabar qilinişiça, qutqaruvçilar akulalar tomonidan hujumlar sonini kamaytiriş böyiça davlat dasturi doirasida tajribalar ötkazişga tayyorlanişayotgan bölgan. Ularga oçiq okeanga çiqib qolgan ikki syorfingçini qutqarib oliş lozimligi haqida xabar kelib tuşdi. Qutqaruvçilar dronga maxsus moslamasini mahkamlab, uçar qurilmani voqea joyiga yuborişgan.
Jarayon dronda örnatilgan kameraga olindi. Kadrlardan köriş mumkinki, uçuvçisiz uçar qurilma çökayotganlarga maxsus solni tuşirgan va ösmirlar uning yordamida qirğoqqa çiqib olişgan.
Taşkilot xabariga köra, bu çökayotgan odamlarni drondan foydalangan holda qutqariş böyiça birinçi holatga aylandi.












