Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston masalasi yana Toshkentda muhokama etilishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2018 yil Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan vazirlik darajasidagi «Afg‘oniston - kelajakka yo‘l» xalqaro konferensiyasini Toshkent shahrida o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda vazir BMT Xavfsizlik Kengashida o‘qigan nutqida ma'lum qildi.
«Afg‘onistondagi sheriklarimiz bilan bu masalani yaxshi o‘rganib chiqib, joriy yil fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Qobul jarayoni»dan so‘ng, Toshkent konferensiyasi muzokaralarning mantiqiy davomi bo‘lishiga amin bo‘ldik», deydi Abdulaziz Komilov.
Xalqaro konferensiya yakuniga ko‘ra, Afg‘onistonda harakatlar olib borayotgan qurolli kuchlari, hukumat vakillari hamda jahon hamjamiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuvga erishish maqsadida mintaqada tinchlikka erishish vazifalarini belgilab beruvchi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.03.2026
Yaqin Sharq davlatlaridan 19 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
13:45 / 06.03.2026
Xorijdagi fuqarolarga yordam berish uchun maxsus bot ishga tushdi
18:49 / 04.03.2026