2017 yilda dunyodagi boyliklarning 82 foizi - sayyoraning eng badavlat 1 foiz aholisi qölida. Davos forumidan avval taqdim etiluvçi Oxfam hisoboti şundan dalolat bermoqda.
2010 yildan buyon milliarderlarning umumiy soni örtaça 13 foizga oşgan. Bu oddiy işçilar iş haqining ösiş sur'atlaridan olti karra köproqdir - maoşlar yiliga örtaça 2 foizga oşgan. Milliarderlar soni esa misli körilmagan sur'atlarda ösib borgan — 2017 yilda dunyoda har ikki kunda yangi milliarder paydo bölgan!
Forbes ma'lumotlariga köra, milliarderlarning umumiy boyligi 12 oyda 762 milliard dollarga oşgan. Eng qaşşoq 50 foiz aholining ahvolida esa ösiş kuzatilmagan. Bugunga kelib dunyoda 2043 milliarder bölib, ularning öntadan töqqiztasi - erkaklar.
Milliarderlarning taxminan uçdan biri öz boyligini meros qilib olgan. Kelgusi 20 yilda dunyoning eng badavlat kişilari öz vorislariga 2,4 trillion dollar meros qilişadi - bu 1,3 milliard kişilik aholiga ega Hindistonning yalpi içki mahsulotidan köp summa.
"Milliarderlarning şiddat bilan köpayişi gullab-yaşnayotgan iqtisodiyotdan darak bermaydi, bu muvaffaqiyatsiz iqtisodiy tizim belgisi hisoblanadi", - deydi Oxfam International ijroçi direktori Vinni Byanima.
















