Xitoyning Sintszyan-Uyğur muxtor viloyatida yangi “Buyuk devor” paydo böladi. Bu haqda viloyatning raisi Şuhrat Zokirga iqtibos keltirgan holda China Daily naşri xabar bermoqda.

Devor davlat çegarasida barpo etiladi. Zokir 5,7 ming km.ga teng çegara xavfsizligini kuçaytiriş istagini “xorijdan ekstremizm, ayirmaçilik va terrorçilik unsurlarining kirib kelişidan himoyalaniş zarurati” bilan tuşuntirgan.  

“Biz muhim viloyatlarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta'minlaşda heç qanday tirqişlar yoki ilğanmas joylar qolmasligi uçun barça imkoni bor işni qilamiz”, deb aytgan Zokir Urumçidagi kongressda.   

Zokirning qöşimça qilişiça, viloyat rahbariyati xavfsizlik maqsadida internet ustidan nazoratni kuçaytiradi va çegaraoldi hududlari infratuzilmasini yaxşilaydi.