Iroqning Al-Anbar viloyatidagi Al-Bağdodiy tumanida amerikalik harbiylar vertolyotdan mahalliy xavfsizlik kuçlari avtomobillarini xato tarzda öqqa tutişdi. Oqibatda 7 kişi halok bölgan, 11 kişi yaralangan. Bu haqda “As-Sumariya” telekanali xabar bermoqda. 

Telekanal ma'lumotlariga köra, öqqa tutilganlar orasida mahalliy qabilaning şayxi bilan uçraşuvga ketayotgan mahalliy politsiya hamda ma'muriyat rahbarlari bölgan.

Iroqning aksilterrorçilik kuçlari qömondonligining ma'lum qilişiça, öşa hududda terrorçini tutiş böyiça maxsus operatsiya ötkazilgan. Bu operatsiyani havodan xalqaro koalitsiya kuçlari qöllab-quvvatlagan. Operatsiya yakunlanganda qöşni uydan harbiylarga granata uloqtirilgan, şundan keyin jang çiqqan.

Harbiylar ortga qaytayotganlarida vertolyotlardan “bu hududda bölişi kelişilmagan” qurollangan odamlar töplanib turganini körib, ularni öqqa tutişgan.

“Qömondonlik bölib ötgan voqeani tergov qilişni buyurdi”, deb aytilgan xabarda.