20 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi huzuridagi Bioinspeksiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxtaköpir tumani “Kitay-kozgan” kollektori hududida tezkor reyd tadbirlarini ötkazdi. Unda fuqarolar Salamot Iskandarov, Turiniyoz Nurabullayev, Sidulla Arzimbetov Miyrbekoviç, Qadirboy Izimuratov, Atamurat Berdiyarov, Salamot Iskandarov boşqaruvida bölgan “UAZ-469” rusumli avtomaşina töxtatilib közdan keçirilganida, “Qizil kitob”ga kiritilgan yovvoyi turdagi 20 boş jayron ov quroli orqali otib, olib ketilayotganligi ma'lum böldi. Bu haqda qömita Matbuot xizmati xabar beradi. ​​

"Mamlakatimiz faunasini oqquyruq, jayronsiz tasavvur qiliş muşkul. Özbekistonda noyob jonivorlar – sayğoqlar va jayronlar saqlanib qolgan dunyoning atigi beş mamlakatidan biri hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Sahro kengliklarida yaşaşga moslaşgan bu jonivor tabiat injiqliklaridan emas, balki odamzodning hakalak otgan nafsi tufayli qirilib ketayotgani açinarli holdir. Şörlik jonivor nafaqat göşti, eng avvalo qimmatbaho şoxlari uçun brakonerlarning öljasiga aylanmoqda.

Jayron şoxlari Xitoy va Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlari tabobatida keng qöllanilayotgani bois mömay daromad vositasiga aylanib ulgurgan. Jayron xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan bölib, uni yurtimizda ovlaş qat'iyan taqiqlangan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasi ekspertlarining xulosasiga köra, Özbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob yovvoyi jayronlarning nobud qilinişi oqibatida Hayvonot dunyosiga jami 258 360 000 (ikki yuz ellik sakkiz million uç yuz oltmiş ming) söm miqdorida zarar yetkazilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, huquqbuzarlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.