28 yanvarda BAAda mamlakat prezidenti Xalifa bin Zayd Ol Nahayonning onasi va shayx Zayd bin Sultonning birinchi rafiqasi – shayxa Xassa bint Muhammad Ol Nahayon vafot etdi. Shu sababli amirliklarda 28 yanvardan boshlab 3 kunlik motam e'lon qilindi.
BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtum tvitterda prezidentga o‘z hamdardligini bildirgan.
Shayxa Xassa shayx Muhammad bin Xalifa bin Zayd Ol Nahayonning qizi bo‘lgan.
Xalifa bin Zayd Ol Nahayon Abu-Dabi amirligi hukmdori va 2004 yildan BAA prezidenti hisoblanadi.

















