Shu yilning yozida Madrid jamoasi jiddiy o‘zgarishi mumkin. «Tribuna» kelayotgan yozda «Qirollik klubi» kimlarni xarid qilishi mumkinligiga to‘xtaladi.

Jamoaga yangi qon

Foto: Sport Ekspress

«Qirollik klubi» «oshxonasi»ni barchadan yaqinroq biluvchi Marca nashri «Real» yozgi transferlar uchun 300 million yevro tayyorlab qo‘ygani haqida xabar tarqatdi. Jamoaning bu mavsumda qoniqarsiz ishtirok etayotganini ko‘rib turgan prezident Florentino Peres tarkibni jiddiy kuchaytirishga bel bog‘lagan. Zidan shogirdlarining har bir o‘yini jamoa tarkibi kuchaytirishga muhtoj ekanini ko‘rsatib bormoqda. O‘tgan haftaning seshanba kunida madridliklar Ispaniya Kubogidan chiqib ketgani bu zaruratni yana kun tartibiga chiqardi. «Real» ayni vaqtda Ispaniya chempionatida to‘rtinchi bo‘lish va Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun «Vilyarreal» va «Sevilya» bilan raqobat qilmoqda. Turnir jadvali yetakchisi «Barselona» bilan oradagi farq 16 ochkoni tashkil etib turibdi. Jamoaga yangi qon kerakligi - faktga aylangan.

Katta transferlarga pullar qayerdan?

«Qirollik klubi» tubsiz neft quduqlariga ega emas, ertaknamo qatarliklar biznesi moliyalamaydi, jamoa g‘aznasi aqlli va ishbilarmon kishi harakatlariga bog‘liq. Peres keyingi yillarda transferlar bozorida tejamkorlik bilan ish tutdi va yangi «galaktikos» uchun millionlar sarflamadi. Bu jamoadagi ikki yirik transfer amalga oshirilganiga qariyb 10 yil bo‘lmoqda - Krishtianu Ronaldu (94 million yevro) va Garet Beyl (101 million yevro) bo‘lishgandi.

«Real»ning oxirgi yirik investitsiyasi 2014 yilning iyulida 75 million yevro evaziga «Monako»dan Xames Rodrigesning xarid qilinishi bo‘lgandi.

Keyingi yillardagi transfer amaliyotlaridan keyin «Real» 85 million yevrolik foyda bilan chiqdi. Bunga qatorasiga ikki mavsum Chempionlar ligasi g‘olibligi va amerikaliklar kompaniyasi  bilan yangi homiylik shartnomasi (4 yilga 200 million yevro). O‘tgan moliya yilini «Real» 178 million yevrolik ijobiy balans bilan yopdi. Lekin ko‘rinibdiki, bu jamoa pulni Fors ko‘rfazi havosidan yasamaydi.

G‘aznadagi pullarni kimlarga sarflash mumkin?

Madrid klubining asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu ko‘rsatayotgan o‘yinlardan kelib chiqib aytish mumkinki, Peres «Real»da keng ko‘lamli yangilanishlar qiladi. U birinchi navbatda hujum chig‘zig‘ini kuchaytirishi aniq. Bundan tashqari, markaziy himoyaga ham yangi havo kerak. Taxmin qilib ko‘ramiz, yozda «Real» kimlarni sotib olishi mumkin.