WSB musobaqasiga tayyorgarlik körayotgan özbekistonlik boksçilar Hindiston mezbonlik qilayotgan Indian Open turnirida iştirok etmoqda.
Bugun, 31 yanvar kuni özbekistonlik boksçilar yarim final bellaşuvlarida ringga çiqadi.
10 vazn toifasida turnirga borgan Özbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili yarim finalga çiqqan. Mironşoh Ibragimov (49 kg) nimçorak finalda, Şerbek Rahmatullayev (60 kg) va Laziz Mullajonov (+91 kg) çorak finalda turnirni tark etdi. Özbekiston boks federatsiyasi 81 kilogrammgaça bölgan sportçini Hindistonga yubormay, 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi ikki boksçini, Bahodir Jalolov va Laziz Mullajonovni turnirga jönatgan.
Endi final yöllanmasi uçun Özbekiston terma jamoasining quyidagi 7 nafar vakili jang qiladi.

Uşbu havola orqali sportçilarning iştirokini kuzatiş mumkin.

















