“Metan gaz quyiş şoxobçalarida ahvol juda çatoq. Ertalab ikki soat past bosimda berişyapti. Haydovçilar 5-6 soatlab navbatda turganini körib rahmingiz keladi”, deydi Namangan viloyatining Uyçi tumanidan aloqaga çiqqan KUN.UZ öquvçisi.

Andijon   va  Farğona viloyatlarida ham xuddi şu holat. Aholi xonadonlarida isitiş uçun tabiiy gaz muammosi, işlab çiqariş korxonalarida ham gaz muammosi... Gaz idorasiga tadbirkor murojaat qilsa: “Aholiga beryapmiz”, degan javob oladi.

Yoqilği qöyiş şoxobçalarining tizimli işlamasligi aholiga juda noqulayliklar tuğdirmoqda. Yölkira ikki-uç barobar oşgan. Viloyat gaz idoralaridan “zapravka”lar böyiça savolga bir xil javob eşitasiz: “Transgaz” oz beryapti”.   “Nega unday?” deysiz, javob yöq. Axir viloyat öz gaz iste'molini qoplayotgan bölsa, gazni beriş kerak emasmi?

Ayni paytda, Toşkent yoki boşqa viloyatdan Qamçiq dovoni orqali vodiyga avtomaşinada yölga çiqsangiz, albatta, gaz balloningizni töldirib, bakingizni liq qilib keling. Bölmasa, sutkaning yarmida umringiz kutiş bilan ötadi.