Bugun Oy taqvimida unikal kun hisoblanadi, Bir vaqtning özida Oyning töliq tutilişi, Super oy hodisasi kuzatildi. Özbekistondan turib bu safar kuzatilayotgan mazkur tabiat hodisasi Oy u çiqayotgan vaqtga töğri keldi.

Yer va uning tabiiy yöldoşi Oy örtasidagi masofa Oyning elliptik orbitasi sabab 357 ming kilometrdan 406 ming kilometrgaça özgarib turadi. Tölin Oy tomonidan peregiydan ötilayotganida Super Oy hodisasi kuzatiladi va bunda Oy eng uzoq masofa — apogeyda bölganidan köra diametri 14 foizga kattaroq, yorqinligi esa 30 foizga köproq körinadi.

Oyning tutilişida Oy va Quyoş örtasiga Yer tuşib qoladi. Bu hodisa albatta tölin Oy şaroitida yuz beradi. Oy töliq yoki qisman tutilişi mumkin. Töliq tutilişda Yerning soyasi Oy sirtini töliq qoplaydi va u qizğiş tusga kiradi. Oyning közdan yöqolib qolmasligiga sabab, Quyoş nurlarining Yer atmosferasidan sinib, Oy sirtini yoritişidir. Şu sababli u şafaq tusini oladi.

Sönggi marta 2015 yilning 27 sentabridan 28 sentabriga ötar keçasi Super Oyning töliq tutiliş hodisasi kuzatilgan. Lekin uni asosan Amerika qit'asi tomoşa qilgan.

Keyingi Oy tutilişi 2018 yil 27 iyulga töğri keladi va u Özbekiston hududidan bemalol kuzatiladi. Qayd etiş joizki, keyingi safar ham Oy töliq tutiladi.