Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş Kontseptsiyasi – mamlakatda amalga oşirilayotgan yoşlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yönalişlari asosida işlab çiqilgan bölib, hozirgi murakkab globallaşuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir şaroitda yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş bilan boğliq dolzarb vazifalar va ularni hal etiş yöllari, davlat va nodavlat taşkilotlar, oila, mahalla, ta'lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, özaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur Kontseptsiyada yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalasiga jismonan va ma'nan soğlom avlodni tarbiyalaşga oid yaxlit ta'lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas bir qismi sifatida qaralib, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va jahondagi ilğor tajribalar, bugungi Özbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy özgarişlar bilan uyğun ravişda takomillaştiriş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 
 
Yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş işlari asosan tört  bosqiçda amalga oşiriladi:

Birinçi bosqiç (3-7 yoşdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar  paydo böladigan bosqiç hisoblanib, unda oila va maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalarga turli şe'rlar, kuy va qöşiqlar örgatiş, multfilm va turli öyinlar namoyiş etiş, rasmlar çiziş orqali dunyoni anglaş, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanişiş asosida ularda ona yurtga muhabbatni şakllantirişni öz içiga oladi.

Ikkinçi bosqiçda (7-16 yoşdagi bolalar) öquvçilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlaş, harbiy xizmatga va ona yurt oldidagi farzandlik burçini yuksak mas'uliyat bilan bajarişga bölgan havasini oşiriş, ularda Qurolli Kuçlarimizga bölgan ijobiy fikrlarni yanada kuçaytiriş, yoşlarning jismonan soğlom, kuçli va irodali ma'naviy yetuk, keng dunyoqaraşli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida şakllantiriş kabi ezgu işlarga da'vat etiladi. 

Uçinçi  bosqiç (16-18 yoşdagi ösmirlar) yoşlarda Vatanga va uning himoyasi uçun munosib xizmat qilişga ruhan va jismonan tayyorlikni ta'minlaşga yönaltiriladi. 

Törtinçi bosqiç (18-30 yoşdagilar) yoşlarning jismoniy va ma'naviy qobiliyati, yetakçilik könikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oşiriş, ularni öz ustida muntazam işlaş, soğlom hayot keçirişga undaş va şunga erişişni nazarda tutadi.