Avtomobillar böyiça mutaxassislar haydovçilarning avtomobillarga eng köp zarar keltiruvçi odatlari ma'lum qilindi. Haydovçilarning bu odatlari maşinaning xizmat qiliş muddatini jiddiy qisqartirişi mumkin.
Haydovçilarning zararli odatlari “xit-paradi”ning 1-örniga texnik xizmat körsatiş muddatlariga amal qilmaslik qöyildi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, avtomobilning xizmat qiliş muddati moy, filtrlar va şu kabilarning öz vaqtida almaştirilişi hisobiga uzaytirilişi mumkin.
2-öringa haydovçi tomondan asboblar panelidagi ogohlantiruvçi signallarning rad etilişi, 3-öringa uzatmalar qutisidan foydalaniş qoidalariga amal qilmaslik qöyildi.
“Start-stop” rejimida harakatlaniş 4-öringa “loyiq” zarariy odat deb topildi. Bunda avtomobil tez harakatlantirilib, tez töxtatiladi. Bu yonilğining köp sarflanişi va tormoz kolodkalari yeyilişidan taşqari, avtomobilning qolgan tizimlariga ham salbiy ta'sir körsatadi.
Nihoyat, 5-öringa eski ğildiraklarning yangisiga öz vaqtida almaştirilmasligi qöyilgan. Mutaxassislar eski ğildiraklarda yuriş yöl-transport hodisasiga sabab bölişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda.

















