Men kuzatib kelgan vaziyatga dangal baho berişni istayman: Farğona viloyati hokimi uzr söraşi kerakmi? Javobni juda tezlik va topqirlik bilan bermaylik, avvalo, bungaça bildirilgan mulohazalarga töxtalişni lozim topib, birma-bir tahlilga kirişaylik.

Hokim kim özi?

Hokim (arab tilidan olingan) eng birinçi navbatda, qaror qabul qiluvçi, boşqaruvçi, degan ma'nolarni anglatadi. Şuningdek, qadimiy arab luğatlarida himoyalovçi, (mol-mulk) egalik qiluvçi kişilar ham hokim deb e'tirof etilgan. Özbek tilining izohli luğatida yozilişiça, hokim qadim davrdan şahar va uning atrofidagi qişloqlar ustidan oliy hukmdorning amrini ötkaziş uçun belgilab qöyilgan amaldor. Keyinçalik bu nom bilan sobiq Turkiston ölkasidagi ayrim şahar yoki muzofotlarda çor hukumatining siyosatini ötkazib kelgan amaldorga nisbatan qöllangan.

Mustaqil Özbekistonning ilk yillarida barça narsani öz nomi va milliy qadriyatlar uyğunligida ataş boşlandi. Şunday qilib, viloyat, şahar va tumanlarda birinçi rahbarlik lavozimida işlaydigan şaxsni hokim, deb atadik. Ammo, bu demokratik rivojlaniş yölidan yuz burib, feodal hokimiyatga qaytişimizni anglatmaydi. Bu nomni amalga qaytişi bir zöravon xohlasa, öqituvçini urişi, hokimlar istasa hazor-bahazor sökiş, xalqni qadrsiz qilişi uçun emas.

Hokim kimligini soddaroq qilib aytganda, u - xalqning xizmatkori. Hokim - xalq tölagan soliq va tölovlar ortidan maoş olib, işga yollangan işçi. U xalq işonç bildirgan kişining hududlardagi yordamçisi, millat yetakçisi sifatida saylangan şaxsning siyosatini joylarda ta'minlaş uçun kafil böluvçi amaldor.

Amalda qanday bölyapti?

Sayxunobod tumani sobiq hokimi Egamberdiyev muştumzörlik qilgani uçun lavozimidan ozod etildi, Andijon şahar hokim Rahmatullayev esa sökonğiçligi uçun jazoga tortildi. Endi Farğona viloyati hokimi Ğaniyev öz viloyatdoşlaridan ayrimlarini sökdi. U endi toşloqliklarni «haromi» deb tahqirlab, hajga yubormasligini aytib döq qilişi, ajratilgan yordam pulini minnat qilgani uçun uzr söraşi kerakmasmi?

Mahalliy «oqlovçi jurnalistlar» uning qattiqöl va tartibli rahbar ekanini ming bor ta'kidlagani bilan masalaning aniq mohiyati quyidagiça: u har bir harakati va sözi uçun xalq oldida javobgar. «