Qozoğiston «Boyqönğir» majmuasining ijarasi uçun ötgan yillar davomida 2 mlrd 645 mln dollar mablağ oldi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Bakitjan Sagintayevning parlament deputatlari söroviga javobida xabar qilinadi.

Hukumat rahbarining ta'kidlaşiça, majmuani ijaraga berişdan olingan mablağlarni işlatiş masalasi respublika byudjyet qonunçiligiga muvofiq hal qilinmoqda.

Bundan taşqari, Qozoğiston va Rossiya örtasida 2004 yil 9 yanvarda imzolangan bitimga köra, qozoğistonlik va rossiyalik mutaxassislar hamda taşkilotlar kosmodromda qöşma loyihalarni amalga oşirişda bir xil şaroitda iştirok etadi.

Şuningdek ta'kidlanişiça, muassasada işlovçi Boyqönğir şahri aholisi fuqaroligidan qat'i nazar, RF qonunçiligiga muvofiq iş haqi oladi. Bunda Rossiya davlat sirlari bilan boğliq işlar istisno sanaladi.

Ma'lumot uçun, Rossiya kosmodromni 1994 yildan beri ijaraga oladi.