Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatga bormagan shaxs mahalla posboni lavozimida ishlashi mumkinmi?
Foto: O‘zA
«Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi faoliyati ixtiyoriylik, oshkoralik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, qonuniylik, jamoatchilik yo‘li bilan o‘zaro yordam ko‘rsatish tamoyillari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida.
Tuzilma rahbariga tegishli mahalla raisining lavozim maoshiga teng miqdorda maosh belgilanadi.
Tuzilma tarkibi fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan mahalla raisining taqdimnomasiga asosan profilaktika inspektori bilan kelishgan holda shakllantiriladi.
Jamoatchilik tuzilma a'zoligiga Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Respublika fuqarolari qabul qilinadi.
Profilaktik hisobda turganlar, ruhiy kasalligi, giyohvandlikka, surunkali ichkilikbozlikka ruju qo‘yganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turganlar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmaganlar, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari tuzilma tarkibiga kiritilmaydi.
Mahalla posbonlarining mazkur talablarga muvofiqligini o‘rganib chiqish uchun fuqarolar yig‘ini raisi va tegishli profilaktika inspektori shaxsan mas'uldirlar.
Mavzuga oid
12:13 / 07.01.2026
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
11:32 / 07.01.2026
Kriminogen mahallalarga rahbarlar nomma-nom biriktiriladi
13:31 / 05.01.2026
Mahallalarda muammolarni hal etish uchun mablag‘lar kamida 3 baravar oshiriladi
14:21 / 31.12.2025