Joriy yilning 1 fevralidan «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi «Umra. Bahor-2018» dasturi doirasida qatnovlarni amalga oşira boşladi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Navbatdagi dastur doirasida Toşkent-Jidda-Toşkent yönalişi böyiça jami 46ta qatnov amalga oşirilib, 8736 nafar ziyoratçini  Boeing 767 samolyotlarida belgilangan manzilga eson-omon yetkaziş rejalaştirilgan.

Ta'kidlaş joizki, milliy aviataşuvçi mutaxassislari tomonidan «kiçik haj» amaliga puxta hozirlik köriş bilan birga ziyoratçilarga qulay şart-şaroit yaratiş, yuqori darajadagi servis xizmatlarini körsatiş uçun bor imkoniyatlar işga solinmoqda. Jumladan, ziyoratçilar bilan işlovçi maxsus guruh taşkil etilgan. Şuningdek, sahn taomnomasiga ham alohida e'tibor qaratilgan bölib, undan halol göşt mahsulotlari, quruq mevalar, turli salatlar, sarxil mevalar va şirinliklar örin olgan. Milliy aviakompaniyaning barça tarkibiy bölinmalari mazkur dasturni amalga oşirişga şay.

«Umra. Bahor-2018» dasturi şu yilning 29 martiga qadar davom etişi közlangan.