Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş materiallarini qaytariş uçun asoslar mustahkamlangan. 29.01.2018 yildagi ÖRQ-463-son Qonun bilan tegişli qöşimçalar kiritildi.

Ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomani tuzgan organga (mansabdor şaxsga) iş materiallari uçta holatda qaytarilişi mumkin, deb yozmoqda Norma.uz.

Birinçidan, agar ma'muriy iş uni olgan organga yoki mansabdor şaxsga taalluqli bölmasa (sudloviga tegişli bölmasa).

Masalan, şartnoma intizomini buzganlik (şartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xöjalik yurituvçi sub'yektlarga mulkiy zarar yetkaziş) uçun ma'muriy jarima iqtisodiy sud tomonidan solinadi. Şu sababli ma'muriy sudga yöllangan uşbu toifadagi işlar böyiça materiallar qaytarilişi lozim.  

Ikkinçidan, ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnoma MJTKning 281-moddasi talablariga muvofiq kelmasa.

Bayonnomada kelgusida işni körib çiqiş uçun ahamiyatga ega bölgan ma'lumotlar: huquqbuzar, bayonnomani tuzgan şaxs, guvohlar (agar ular bölsa) töğrisidagi ma'lumotlar, huquqbuzarlikning mohiyati hamda uning uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi normativ hujjat va h.k. aks ettiriladi. Bayonnoma uni tuzgan şaxs va huquqbuzar (agar boş tortsa, bayonnomaga bu haqda yozib qöyiladi), ehtimoliy guvohlar va jabrlanuvçilar tomonidan imzolanadi. Bundan taşqari, huquqbuzarga uning huquq va burçlari tuşuntirilganligi xususida bayonnomaga yozib qöyiladi.

Uçinçidan, olingan materiallarda qonunga köra bayonnomaga ilova qilinişi şart bölgan hujjatlar yoxud aşyoviy dalillar mavjud bölmasa.

1) Tuzatişlar bilan majburiy tartibda yiğiladigan va ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomaga ilova qilinadigan hujjatlar röyxati belgilandi. Sodir etilgan huquqbuzarlik turiga qarab iş materiallarida nimalar bölişi şartligi haqida bu yerda yozilgan. 

2) MJTKda aşyoviy dalillarga ta'rif berilmagan. Nazariyada – bu iş uçun ahamiyatga molik holatlarni belgilaş vositasi bölib xizmat qila oluvçi, jismoniy alomatlar yoki belgilarga ega bölgan har qanday predmet.

Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar böyiça şu jumladan quyidagilar aşyoviy dalil böla oladi: