Davlat statistika qömitasi Davlat statistika işlarining işlab çiqariş Dasturiga binoan 2017 yil uçun yalpi içki mahsulot (YaIM) ga nisbatan dastlabki baholaşlarni qömitaning rasmiy saytida e'lon qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2017 yil böyiça joriy narxlarda Özbekiston Respublikasi YaIMi 249 trillion 136,4 milliard sömni taşkil etgan va 2016 yilning mutanosib davriga nisbatan 5,3 foizga ösgan. YaIM indeks-deflyatori 2016 yil narxlariga nisbatan 118,9 foizni taşkil etgan.

2017 yil yakunlariga köra aholi jon boşiga YaIM 7 million 692 ming sömni (939,5 dollar) taşkil etgan, bu 2016 yilga nisbatan 3,6 foizga köp demakdir.

YaIM ösişiga xizmatlar sohasi eng katta hissa qöşgan bölib, u avvalgi yilga nisbatan 6,9 foizga ösgan.

2017 yilda YaIM tarkibiy tuzilmasining umumiy hajmida mulkçilik şakllariga köra iqtisodiyotning nodavlat sektori uluşi 81 foizni taşkil etgan. Davlat sektori uluşi esa 19 foiz.