Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli “Özbekiston Respublikasining
2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida”gi qarori va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 4 yanvardagi 2-sonli buyruği ijrosini ta'minlaş hamda joriy yil 3 fevral kuni Moliya vazirligida bölib ötgan Hay'at yiğilişida byudjyet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlari öz muddatlarida moliyalaştirilişi böyiça berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Andijon viloyati moliya boş boşqarmasi tomonidan bir qator amaliy işlar olib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning yanvar oyida viloyatdagi mahalliy byudjyetdan mablağ oluvçi taşkilotlarda işlovçilar iş haqi tölovlari uçun 106 mlrd. 795 mln. söm, aholining kam ta'minlangan qatlami uçun beriladigan ijtimoiy nafaqa tölovlari uçun 9 mlrd. 379 mln. söm mablağ öz muddatlarida moliyalaştirib berildi. Uşbu ijtimoiy tölovlarni öz muddatlarida moliyalaştiriş uçun respublika byudjyetidan olingan 65 mlrd. 398 mln. söm va viloyat byudjyetidan 32 mlrd. 303 mln. söm jami 97 mlrd. 701 mln. söm miqdoridagi ijtimoiy maqsadli transfertlar quyi moliya idoralariga ajratildi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231 sonli “Ta'lim va tibbiyot muassasalarini moliyalaştiriş mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qaroriga muvofiq maktabgaça ta'lim va umumta'lim muassasalarida buxgalteriya xizmatlari tugatilişi hamda hududiy xalq ta'limi va maktabgaça ta'lim bölimlarida moliya-buxgalteriya xizmatlari markazlaştirilişi munosabati bilan ularda byudjyet hisobini yuritiş va hisobotini tuzişni taşkil etiş va iş haqi tölovlari öz muddatlarida moliyalaştirilişini ta'minlaş böyiça viloyat xalq ta'limi va maktabgaça ta'lim boşqarmalari hamda hududiy xalq ta'limi va maktabgaça ta'lim bölimlariga viloyat moliya boş boşqarmasi va hududiy moliya bölimlari tomonidan amaliy yordamlar berildi.

Byudjyet taşkilotlari xodimlarining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar öz muddatlarida moliyalaştirilişi viloyat moliya boş boşqarmasi hamda viloyat ğaznaçilik boşqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.