Stokholmdagi sud Özbekistonning 40 yoşli fuqarosi Rahmat Oqilovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqa boşladi. U Şvetsiya poytaxtida 2017 yilning aprelida terrorçilik xurujini amalga oşirişda ayblanmoqda. Bu haqda Expressen.se xabar berdi.
Uşbu iş böyiça ilk majlislarda Şvetsiya Milliy xavfsizlik xizmatidagi prokuror örinbosari Xans Irman iştirok etadi. Keyinçalik, 20 fevraldan söng, Oqilovning özi söroq qilinadi, şundan söng sudda uning harakatlaridan u yoki bu darajada jabr körgan 150 dan ortiq kişi çiqiş qiladi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, sud eşituvlari 9 mayga qadar davom etişi mumkin, hukm esa yozning örtalarida çiqariladi.
Oqilov 2017 yil 7 aprelda Stokholm markazidagi Drottninggatan köçasida odamlarni bosgança 550 metr yurib ötgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, hujum oqibatida 15 kişi yaralangan, 5 kişi halok bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rahmat Oqilov odamlar ustiga yuk maşinasini haydab borişidan uç oy avval Şvetsiyaning SEPO xavfsizlik politsiyasi nazorati ostida bölgani haqida xabar berilgandi.

















