Foto: KUN.UZ

13 fevral kuni Xalqaro biznes markazda iqtisodiy hamkorlik masalalari böyiça birinçi Özbekiston-Koreya yiğilişi bölib ötmoqda. KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, Özbekiston delegatsiyasiga mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov, Koreya tomoniga esa boş vazir örinbosari, mamlakat moliya vaziri Kim Dong Yon rahbarlik qilmoqda. Şuningdek tadbirda qator vazirliklar rahbarlari iştirok etişmoqda.

Özbekiston-Koreya yiğilişi yakunlariga köra, tomonlar quyidagi hujjatlarni imzolaşdi:

1. Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasida iqtisodiy hamkorlik böyiça birinçi yiğiliş protokoli;

2. Milliy kompleks tibbiyot markazini quriş töğrisidagi Anglaşuv memorandumi.