Bugun, 13 fevral kuni Adliya vazirligining «Xuquqiy axborot» kanalida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar va özgartişlar kiritiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida» Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi, «Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Pasport tizimi va propiska masalalari böyiça Adliya vazirligi tomonidan muhim qarorlar loyihalari tayyorlangan.

Xususan, loyihalarga köra, Özbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi özgartirişlar kiritilmoqda:

  • voyaga yetmagan şaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uçun ma'muriy javobgarlikni bekor qiliş qoidasi kiritilmoqda, 13-moddaning matni esa quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Agar uşbu Kodeksda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoşga tölgan şaxslar ma'muriy javobgarlikka tortiladilar»;
  • 223-moddaning 1-qismidagi sanksiya «EKIHning 1/2 barobaridan 3 barobarigaça» degan sözlar «EKIHning 1/2 barobari», 2-qismidagi sanksiya «EKIHning 5 barobari» degan sözlar «EKIHning 1 barobari» bilan almaştirilmoqda.
  • 223-moddaning 3-qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Pasport tizimi qoidalariga rioya etiş uçun mas'ul bölgan şaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjatlarsiz yaşaşiga yöl qöyişi, xuddi şuningdek fuqarolarning öz turar joylarida pasportsiz yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjatlarsiz yaşab turişiga yöl qöyişi –»; uçinçi qismi sanksiyasidagi «ön» degan söz «beş» degan söz bilan almaştiriladi;
  • 223-moddaning törtinçi qismi sanksiyasidagi «ön beş» degan sözlar «ön» degan söz bilan almaştirilmoqda;
  • 223-modda quyidagi mazmundagi beşinçi qism bilan töldiriladi: «Mazkur modda böyiça ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda ön sakkiz yoşga tölgan şaxslar ma'muriy javobgarlikka tortiladilar»;
  • Doimiy yoki vaqtinça propiskasiz (yaşaş joyi böyiça hisobga turmagan) fuqarolarni işga qabul qilişni rad etiş bilan boğliq amaliyotga barham beriladi — Kodeksdan 2232-modda çiqarib taşlanadi;

Şuningdek Qonun loyihasiga köra Mehnat kodeksi va hukumat qarorlariga ham özgartirişlar kiritiladi. Buning natijasida: