Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Uşbu dasturda Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolar uçun asossiz spekulyatsiyaning oldini oliş çoralarini körgan holda ayrim çeklovlarni bekor qiliş nazarda tutilgan. Xöş, bugunda bu dasturga muvofiq qanday çora-tadbirlar amalga oşiralyapti? Bunga bloger Davron Tojialiyev Facebook’dagi öz sahifasida fikr-mulohazalarini bildirib ötgan.

Poytaxtning «vaqtinçalik» fuqarolari uçun yangilik: endi «vaqtinça propiska» uçun tuman OVIRiga emas, hududiy şahar içki işlar bölimlariga (GOM) murojaat qiling!

Bugun ertalabdan ijaradagi uyimning egasi, 79 yoşli onaxon bilan tuman xorijga çiqiş-keliş va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga bordik. «Vaqtinça propiska» bilan şuğullanadigan xodimlar xonasi yopiq. «Stol uslug»dan suriştirsam, endi hujjatlarni şu vaqtgaça nomini eşitmaganim GOMga topşirasiz, deb javob berişdi. OVIRning har bir xonasida navbat, oxiri bir xodimdan bizning hududga xizmat qiladigan şahar içki işlar bölimining qayerda joylaşgani haqidagi axborotni oldim.

Hududiy şahar içki işlar bölimlarining faoliyati yangilanibdi. U yerga hududdagi bir neçta mahallalar biriktirib, şu mahallalardagi pasport bölimlari bir yerga biriktirilibdi. Doimiy propiskadan çiqariş/qöyiş, 17-forma, vaqtinça propiska hujjatlari şu yerda qabul qilinmoqda/berilmoqda ekan. Qabul kunlari duşanba kuni 10.00 dan 13.00 gaça, seşanba, çorşanba, juma, şanba kunlari 09.00 dan 13.00 gaça, payşanba – profilaktika kuni, yakşanba – dam oliş kuni.

Iş kölami köpaygani uçun 2 soat navbatga turişga töğri keldi. 15 kundan söng yuqorida keltirilgan qabul soatlarida qayd varağini olib ketişimni aytişdi (tuman OVIR bölimida tuşlikdan söng tarqatişardi).

Hududiy şahar içki işlar bölimida hali “stol uslug” taşkil etilmabdi. Davlat bojini tölaş uçun kassa ham mavjud emas. Baribir OVIRga borişga töğri keladi. Telegramdagi @PassportInfoUzbot orqali vaqtinça röyxatdan ötiş blankalarini olib, özingiz töldirsangiz ham böladi. Lekin u yerda "adresnyy listok pribytiye" yöq. Uni OVIRdagi stol uslugda töldirib berişadi. Bu işlar uçun bugunning 4 soatini sarfladim. Iş kunimning yarmi byurokratik ovoragarçilikka ketdi. 

«Vaqtinça propiska»ni avvaliga uçastka inspektorlari rasmiylaştirib berardilar, söng bu vazifa tuman xorijga çiqiş-keliş va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga ötdi, endi hududiy şahar içki işlar bölimlari şuğullanyapti, 2019 yil yanvaridan bu vazifa davlat xizmatlari agentligiga beriladi. Örtada şaharning «vaqtinça» yaşovçilari sarson.