Özbekistonlik bloger Davron Tojialiyev özining feysbukdagi sahifasida nodavlat taşkilotlari işçilari uçun ham "vaqtinça propiska" oçilgani haqida post qoldirdi.

Quyida uşbu post özgartirişlarsiz keltiriladi.

Olimpiada eyforiyasidan real hayotga qaytamiz.
Hurmatli propiskasiz nodavlat taşkilotlari xizmatçilari! Biz uçun ham Toşkent şahrida "vaqtinça propiska" oçilganini ma'lum qilaman. Tayyorlanadigan hujjatlarni yana bir bor eslatib ötsam:

1. IIV tomonidan belgilangan namunadagi ariza (Buni “stol uslug”da töldirib berişadi. Xizmat pulli: 8000 söm).
2. Uy egasi nomidan ariza (Buni “stol uslug”da töldirib berişadi).
3. Manzil varaqasi (Adresnyy listok pribytiya) (Buni “stol uslug”da töldirib berişadi).
4. Fuqaroning pasporti va pasport nusxasi.
5. Kazarma, korabllar va kemalardan taşqarida yaşaydigan xizmatçilar uçun Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari ofitserining yoki şartnoma böyiça harbiy xizmatçining şaxsiy guvohnomasi.
6. Bolalarni röyxatga qöyiş uçun, agar ular 16 yoşga tölmagan bölişsa, tuğilganlik haqidagi guvohnomalari hamda 3,5 x 4,5 hajmdagi 2 dona fotosurat.
7. Uyning kadastr hujjatlarining nusxasi.
8. Uyga egalik huquqini tasdiqlovçi hujjatlarning nusxasi (oldi-sotdi yoki hadya şartnomasi, Davlat orderi, meros guvohnomasi, hokimlik qarori va hokazo).
9. Uy egasining pasport nusxasi.
10. Davlat boji tölanganligi haqidagi kvitansiya (2600 söm, öşa yerdagi kassaga tölaysiz).
11. Notarius tomonidan tasdiqlangan ijara şartnomasi nusxasi.
12. Fuqaro yaqin qarindoşlarini (ota-ota farzandlarini, farzandlar ota-onasini, er xotinini, xotin erini) vaqtinça röyxatga qöydirayotgan bölsa, yaqin qarindoşlikni tasdiqlovçi hujjatlar.
13. Ijaraga turuvçining işxonasidan uni “vaqtinça propiska”ga qöyiş töğrisida rasmiy iltimosnoma-xat.

“Stol uslug”da bu hujjatlarni taxlatib olgaç, (albatta) uy egasi bilan birgalikda tuman Xorijga çiqiş, kiriş, fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi boşliği xonasiga kirasiz. U hujjatlar bilan tanişib çiqqaç, yöllanma beradi.