27 oktyabrda qabul qilingan hukumat qaroriga köra Toşkent şahri va Toşkent viloyatida vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olişning tajriba-sinov tariqasidagi yangi tartibi joriy etilmoqda.

Qarorda 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentabrga qadar Toşkent şahri va Toşkent viloyatida fuqarolarning vaqtinça turgan joyi asosida maxsus planşet qurilmalari orqali elektron röyxatga oliş böyiça eksperiment ötkazilişi ta’kidlanadi. Uşbu vazifa içki işlar organlari tayanç punktlari hamda mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oşirilişi közla tutilgan.

Hukumat qarori bilan maxsus planşet qurilmalari orqali vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlangan.

Tajriba-sinov doirasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida vaqtinçalik propiska fuqarolarning xohişiga köra, qulay manzildagi profilaktika inspektorlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan rasmiylaştirib beriladi.

IIV hukumat qarorida közda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlaş uçun AKT vazirligi bilan birgalikda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida vaqtinça yaşaş uçun kelgan fuqarolarni maxsus planşet qurilmasi yordamida vaqtinça röyxatga oliş tizimini işga tuşirişi hamda vazirlikning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi elektron tizimi bilan integratsiya qilişi kerak.

Bundan taşqari, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari ikki oy içida maxsus planşet qurilmalari bilan töliq ta’minlanişi zarur.

2023 yil 1 sentabrga qadar eksperiment natijalari tahlili asosida kelgusida mazkur amaliyot respublikaning boşqa hududlarida ham joriy etilişi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mana bu yerda töliq tanişiş mumkin.