O‘zbekiston | 11:57 / 15.02.2018
8888
2 daqiqa o‘qiladi

Sertifikatlashtirish qoidalariga oid yangi qonun loyihasi tayyorlanmoqda

Foto: O‘zstandart

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi bilan huquqiy asosida quyi palataga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kirish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo‘mitasida ishchi guruhi tomonidan mazkur hujjat birinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Joriy yilning 7 fevral kuni kiritilgan qonun loyihasi ishchi guruh tomonidan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilib, har tomonlama muhokama qilindi.

Kiritilayotgan qonun loyihasi texnik reglamentlarga rioya qilish ustidan samarali davlat nazoratini hamda O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlarining normalarini to‘laqonli amalga oshirishni ta'minlashni ko‘zda tutadi.

Qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining bir qator moddalariga qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Xususan, texnik reglamentlar talablarini, shuningdek, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlari va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlar) tomonidan sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Amaldagi qonunchilikda faqatgina tayyorlovchilarga (tadbirkorlarga) mahsulotni majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganligi uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. Ushbu qoidalar sertifikatlashtirish organlari va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlar) tomonidan buzilgan hollarda esa Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ularni ma'muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilmagan. 

Mavzuga oid