Norvegiyalik terrorçi Anders Breyvik özi sodir qilgan xatti-harakatlardan afsusda ekani haqida birinçi marta ma'lum qildi. Bu haqda Verdens Gang gazetasi xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotiga köra, Breyvik özi saqlanayotgan qamoqxona ma'muriyatiga maktub bilan çiqqan. Unda öz xatti-harakatlaridan puşaymon ekani va «faşistlar mafkurasidan» voz keçganini ma'lum qilgan.
Breyvik ommaviy qotillik uçun 21 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 2011 yilning 22 iyul kuni u multimadaniyat va «musulmonlar bostirib kirganiga» protest sifatida 77 kişini öldirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jyeyson Born haqidagi filmlar rejissyori 77 kişini öldirgan terrorçi haqida kino suratga olişi haqida xabar berilgandi.













