Hindistonning şimoli-ğarbiy qismida töy tantanasi nişonlanayotgan joy yaqinida gaz balloni portlaşi natijasida 18 kişi halok böldi. India Toda mahalliy politsiya bergan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Voqea juma kuni keçqurun Rajaston ştatidagi Beavar şahrida röy bergan. Portlaş natijasida töy tantanasi ötayotgan bino qulagan. Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostidan 9 kişining jonsiz tanasini olib çiqişgan, yakşanba kuni esa yana 9 nafar kişining jasadi topilgan.
Voqea natijasida yana 18 kişining jarohat olgani, 6 nafarining şifoxonadan qöyib yuborilgani, 5 nafar jabrlanuvçining ahvoli oğir ekani ma'lum qilindi. Mahalliy ma'muriyat vakili Gaurav Goyalning xabar berişiça, yana ikki kişi vayronalar ostida qolgan bölişi mumkin, qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Ştat ma'muriyati vakili Vasundxar Rajning ma'lum qilişiça, hukumat halok bölganlarning oilalariga kompensatsiya sifatida 200 ming rupiydan ajratadi, jabrlanuvçilarga körsatiladigan moliyaviy yordam esa kişi boşiga 50 ming rupiyni taşkil qiladi.














