AQŞ Davlat departamenti Maydan hodisalari yuz bergan kunda Ukraina hukumatiga murojaat qilib, islohotlarni ötkazişda davom etişga çaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Ukraina sönggi yillarda juda köplab muhim qadamlarni qöydi, biroq Maydan va'dalarini bajariş hamda Ukraina salohiyatini amalga oşiriş uçun yana köp iş qiliş kerak. Amerika Qöşma Ştatlari Ukraina yetakçilarini çuqur, keng kölamli va dolzarb islohotlarni amalga oşiriş uçun sa'y-harakatlarni ikki barobarga kuçaytirişga çaqiradi. Bu barqaror, demokratik, farovon va erkin mamlakatni quriş uçun kerakdir», - deyiladi Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning bayonotida.

Uning şuningdek ta'kidlaşiça, Amerika hukumati «Ukraina Yevropani tanlaganidan» faxrlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiyani “demokratiyani sindiriş” harakatlarida aybladi va Rossiya bayroği “heç qayerda osilmasligi lozimligi” haqida ma'lum qilgandi.