Laborotoriya şaroitlarida göşt yetiştiriş tobora jozibali sarmoya manbaiga aylanib bormoqda. Ötgan hafta Tyson Foods korporatsiyasining investitsion bölimi Kaliforniyaning ança tanilib ulgurgan Memphis Meats startapining minoritar aksiyalar paketini qölga kiritdi (va sarmoyaçiga aylandi). Memphis Meats laborotoriya şaroitlarida hayvon hujayralaridan mol göşti, tovuq göşti va ördak göştini yetiştiriş bilan şuğullanadi, bunda tirik mol yoki parranda jarayonda umuman qatnaşmaydi. Şartnoma natijasida Tyson kompaniyasi Bill Geyts va Riçard Brenson kabi taniqli sarmoyaçilarga qöşildi. 

Şartnoma şartlari oşkor qilinmadi. 2016 yilda Memphis Meats laborotoriyada yetiştirilgan teftellarni ommaga namoyiş etdi, biroq startap hali öz mahsulotini daromadga olib çiqişi kerak. Hozir eng katta muammo bunday göştni işlab çiqariş bahosida - uning 1 kilogrammi 5300 dollar atrofida. 

Biroq Tyson kabi yirik göşt işlab çiqaruvçi kompaniya mol, tovuq va ördak göştidan bir yilda 30 milliard dollar işlab topadi va u Memphis Meats'ga qiyinçiliklarni yengib ötişga yordam berişi mumkin. Startap boş direktori va hammuassisi Uma Valeti Forbes'ga şunday deydi: "Biz  Tyson'ga tenglaşmoqçimiz. Biz uçun asosiy maqsad işlab çiqariş qiymatini pasaytiriş. Oxir-oqibat bizning mahsulotimiz oddiy göştdan arzonroq böladi". 2017 yilning avgustida Memphis Meats'ga dunyodagi ikkinçi eng yirik mol göşti işlab çiqaruvçi Cargill qişloq xöjalik konglomerati ham sarmoya kiritdi. Şartnoma summasi e'lon qilinmagan. 

10 milliard kişi uçun steyk

Valeti optimizmga töla: "Şu vaqt içida birinçi marta göşt örnini göşt bilan qoplayapmiz, uning örnini bosuvçi bilan emas. Bu bizning Tyson va Cargill'dagi hamkorlarimizni ilhomlantiradi, zero ularning biznesi aynan göşt mahsulotlari ustiga qurilgan. Biz bunda katta salohiyat köryapmiz: butun dunyoni mutlaqo boşqaça oziqlantiradigan kunlar kelişiga yaqin qoldi". Yangi kompaniya rahbarining özi 2005 yilda aspiranturadan keyin Minnesotadagi Mayo klinikasida kardiologiya sohasida tajriba orttirgan kezlarida jonivor iştirokisiz göşt yetiştiriş haqida öylagan. Öşanda u bir klinik tadqiqot davomida ildiz hujayralar yordamida yurak töqimalarining muvaffaqiyatli tiklanişini kuzatgan. 

Tyson muvaffaqiyatli kelajakni ta'minlaş maqsadida özining 150 million dollarlik investitsion fondi yordamida uzoq muddatli investitsiyalarni amalga oşirmoqda. Memphis Meats, öz navbatida, 2050 yilga borib butun dunyo böylab 10 milliard kişining talabini qondiriş uçun global miqyosda oqsil sintezi kölamini oşiriş yölini topişga harakat qilmoqda. Valetining fikriça, yaqin 30 yilda göştga bölgan talab ikki baravarga oşadi.