Norma.uz iste'mol savatçasi tuşunçasi va tarkibi, uni işlab çiqiş zarurati, MDHning qator mamlakatlarida iste'mol savatçasidan foydalaniş tajribasi va tirikçilik uçun zarur eng kam miqdorlar haqida şarh taqdim etdi.

Iste'mol savatçasining özi nima va u nima uçun kerak?

Sodda qilib aytganda, iste'mol savatçasi – muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlaş uçun zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning eng kam töplami. Hamma ovqatlanişi, kiyinişi, kommunal va boşqa xizmatlar haqini tölaşi, zarur dori-darmonlarni xarid qilişi lozim va h.k. Bularning bari mahsulotlar savatçasini butlaş uçun asos hisoblanadi. Uning ma'lumotlaridan, öz navbatida, tirikçilik uçun zarur eng kam miqdorni (iste'mol savatçasining qiymat bahosini) belgilaş uçun foydalaniladi.

Respublikamizda «tirikçilik uçun zarur eng kam miqdor» va «iste'mol savatçasi» tuşunçalarini 2018 yilning 1 iyuligaça huquqiy jihatdan tartibga soliş rejalaştirilmoqda. Bu 2018 yilgi Davlat dasturida (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) mamlakat aholisi daromadlarining zarur darajasini aniqlaş uçun nazarda tutilgan. Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari mas'ul ijroçilar etib tayinlangan.
 
Fikrimizça, iste'mol savatçasini işlab çiqişda – aholining barça jins va yoşdagi guruhlari uçun oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qiliş normalarini belgilaşda Soğliqni saqlaş vazirligi ham jalb etilişi kerak.     

Iste'mol savatçasi quyidagilarning miqdorlarini belgilaş uçun hisob-kitobga asos bölmoği lozim:

• eng kam iş haqi va pensiyalar;
• bazaviy ijtimoiy tölovlar: işsizlik, bolani parvarişlaş, boquvçisini yöqotganlik nafaqalari, stipendiyalar va b. 

Savatça tarkibi: oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar

Iste'mol savatçasiga kiruvçi tovarlar va xizmatlar töplami har bir mamlakatda turliça. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va köplab omillar: tabiiy-iqlim şaroitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanişi, oziq-ovqat tovarlarini işlab çiqariş xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste'mol qilinişi va boşqa omillarga boğliq böladi.