Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Telegram’dagi kanalida zamonaviy Rossiyadagi xalqlar huquqlari haqida gapirib ötdi. Şuningdek, u Iosif Stalinning 1944 yil 23 fevraldagi farmoni bilan amalga oşirilgan çeçen xalqi ommaviy deportatsiyasi haqida eslatib ötdi. 

«Bugun biz yangi Rossiyada yaşamoqdamiz, bu yerda har bir xalqqa real huquqlar va erkinlik kafolatlangan. Biz öz milliy fojiamizni yodda tutamiz, unda qurbon bölganlar doimo xotiramizda yaşaydi, bu haqda heç qaçon unutmaymiz!» - deya yozdi Qodirov.

Uning aytişiça, köplab qudratli davlatlar çeçen xalqini yöq qilişga harakat qilib uruşlar olib borgan.

«Biroq, bu uruşlardan birontasini Iosif Stalinning (ming la'nat unga) çeçen xalqiga qarşi qatağonlari bilan tenglaştirib bölmaydi», - deya qöşimça qilib ötdi Qodirov.