AQŞning Vaşington ştatidagi Kitsan harbiy-dengiz bazasi qömondoni Alan Şreyderning aytişiça, noma'lum şaxs obektni portlatib yuboriş bilan tahdid qilgan. Bu haqda feysbukdagi rasmiy sahifada xabar berildi.
Qömondonning sözlariga köra, baza darvozalariga qora jip kelgan.
«Haydovçi tanasi va maşinada qölbola portlovçi qurilmalar bor ekani haqida ma'lum qilgan», - deya aytib ötdi Şreyder.
Harbiyning ta'kidlaşiça, haydovçi qölga olingan, bazada trevoga e'lon qilindi va xavfsizlik çegarasi örnatildi.
Ayni damda FTB iştirokida tergov olib borilmoqda. Şreyderning ta'kidlaşiça, «vaziyat nazorat ostida».













