Yoş Stiv Jobsning texnologiyalar sohasida iş qidiriş uçun tuzilgan rezyumesi auksiondan sotiladi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Bir sahifadan iborat bölgan rezyume Jobsning özi tomonidan 1973 yilda yozilgan va qator imloviy hamda punktuatsion xatolarga ega.
Masalan, u öz familiyasini kiçik harf bilan yozgan.
Jobs rezyumeda haydovçilik guvohnomasi borligini, biroq telefoni yöqligini bildirgan.
Hujjatning taxminiy narxi 50 ming dollardan boşlanadi.
Auktsion 8-15 mart kunlari bölib ötadi. Şuningdek, kimoşdi savdoga Jobs tomonidan 2001 yilda imzo qöyilgan, taxminiy narxi 25 ming dollar bölgan Mac OS X texnik qöllanmasi va 2008 yilda gazetada çiqqan hamda imzo qöyilgan, Jobsning yangi iPhone bilan surati tasvirlangan, taxminiy narxi 15 ming dollar bölgan maqola ham qöyiladi.













