Tojikiston – O‘zbekiston chegarasida yana beshta nazorat o‘tkazish punkti ishini tiklaydi
Tojikiston hukumati Tashkentga Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi yana 5 ta nazorat-o‘tkazish punkti ishini tiklash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Tojikiston Bojxona xizmatining So‘g‘d viloyatidagi boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Ismatulloyev jurnalistlarga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning boshidan beri chegarada nazorat-o‘tkazish punktlari ishini tiklash bilan maxsus komissiya shug‘ullanmoqda. Hukumatlar o‘rtasida imzolangan bayonnoma asosida, Tojikiston Konibodomda “Ravot”, Istaravshonda “Uroteppa”, Zafarobodda “Zomin” va Asht tumanida “Navbunyod” NO‘Pni ochish taklifi bilan chiqqan.
«Ayni damda Bojxona xizmatining So‘g‘d viloyatidagi boshqarmasi qo‘shma hukumatlararo komissiya ko‘magi bilan bu NO‘Plarda vaqtinchalik vagonchalarni o‘rnatmoqda. Keyinchalik fuqarolar nazorati, shuningdek bojxona, chegaraoldi, veterinar va fitosanitar nazorat uchun barcha sharoitlar yaratiladi», - deya xabar bergan viloyat boshqarmasi bojxona nazoratini tashkil etish bo‘limi mudiri va chegara masalalari bo‘yicha qo‘shma maxsus komissiya a'zosi Ahmadjon Boboyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi devor buzib tashlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024