Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumati Tojikiston bilan chegaraga aloqador yangi qarorni qabul qildi
O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi orqali ayrim o‘tkazish punktlarining faoliyatini qayta tiklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.
Qaror bilan Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent, Uchto‘rg‘on, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg‘ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo‘llari o‘tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo‘l o‘tkazish punktining muhandislik-kommunikatsiya va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara posti tashkil etiladi.
Bundan tashqari, o‘tkazish punktlariga tutash avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy standartlarga mos yo‘lbo‘yi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish belgilanmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga 2018 yil 1 martgacha O‘zbekiston hududi doirasida G‘alaba – Xoshadiy temir yo‘l uchastkasi rekonstruksiya qilinishini ta'minlash va o‘tkazish punktida zarur xizmat-maishiy sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston – O‘zbekiston chegarasida yana beshta nazorat o‘tkazish punkti ishini tiklashi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
08:32 / 17.03.2026