WSB seriyasiga kiruvçi janglarda iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi boş murabbiyi Tölqin Qiliçev «Cuba Domadores»ga qarşi jang oldidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
— Kubaliklarga qarşi eng kuçli boksçilarimizni tayyorlaganmiz. Ularda bölgani kabi bizda ham olimpiada çempionlari, jahon çempionati sovrindorlari bor.
Jangning Termizdan Toşkentga köçirilişi ta'sir qildi deb öylamayman. Çunki tarkibimizda juda ham tajribali boksçilar bor. Bular oddiy boksçilar emas, olimpiada çempionlari, jahon çempionati sovrindorlari sanalişadi. Biz har qanday şaroitga tayyor bölişimiz kerak. Toşkentda böladimi, Termizda böladimi, umuman, Özbekistonning istalgan hududida bölişidan qat'i nazar biz jangga tayyor holatda bölamiz. Biz jangga çiqamiz, şunga tayyorlanamiz, raqibni örganamiz. Ringga çiqib yutiş eng asosiy maqsadimiz. Jang taşkilotçiligi bilan esa rahbariyat şuğullanadi. Ular qayerda jang ötkazişimiz kerakligini aytişsa, öşa yerda ringga çiqamiz. Faqat boks va undagi ğalaba haqida öylaymiz.
Şu kungaça ham janglarimizni Toşkentda ötkazganmiz. Bu janglar ham xuddi oldingilaridek, muxlislarga yoqadigan bölişi uçun harakat qilamiz. Öylaymanki, bu işni uddasidan çiqişga imkoniyatimiz yetarli.
— Jamoaning bu mavsumda oldiga qanday vazifa qöyilgan?
— Biz har bir musobaqada oldimizga katta maqsadlarni qöyib çiqamiz. Hozirgaça özbek boksida qölga kiritmagan kam sonli yutuqlardan biri bu WSB kubogi sanaladi. Hozirgaça bu sovrinni yutmaganmiz. Şuning uçun ham aynan mana şu kubokni qölga kiritişni maqsad qilganmiz. Boks federatsiyasi rahbariyati ham boş sovrinni yutişimizni istaydi va oldimizga aynan şu vazifa qöyilgan. Uç mavsumdan buyon faqat boş sovrinni közlab ringga çiqqanmiz. Bu safar hammasi boşqaça böladi va xudo xohlasa boş sovrinni qölga kiritamiz. Bizni har tarafdan qöllab-quvvatlaşmoqda. Oldingi matbuot anjumanlarida Milliy olimpiya qömitasidan vakillar bölmasdi. Mana bugun ular ham bizni qöllab-quvvatlaş uçun taşrif buyurişgan. Barça biz bu musobaqada yutişimizni istamoqda.
Umuman, sportga aloqador har bir kişi, kerak bölsa jurnalistlar ham «Uzbek Tigers» uçun barçasi yaxşi bölişini istab harakat qilayotganini körib turibmiz. Ularning qöllab-quvvatlaşlarini his qilmoqdamiz. Şuning uçun ham biz ğalaba qozoniş uçun qölimizdan kelgan barça işni amalga oşirişga harakat qilamiz. Omad biz tarafda bölib, maqsadimizga yetişamiz, deb umid qilaman.
— Musobaqalar oldidan jamoaning ruhiy tayyorgarligi muhim sanaladi. Janglar oldidan boş murabbiy sifatida siz ham bu jangga ruhiy jihatdan tayyormisiz?

















