Hindistonning Mumbay şahrida dökonda işlovçi erkakning çamasi 2-3 yaşar qizi dökon oldiga çiqqanda öğirlab ketildi. Dökon içida bölgan ota qizining öğirlab ketilganini sezmay qolgan. Kuzatuv kamerasiga muhrlangan uşbu holat haqida Daily Mail naşri ma'lum qildi.
Rolikda qizça köçaga çiqqani, dastlab uning yonidan ötib ketmoqçidek köringan noma'lum erkak qizçani qöliga olib, heç narsa bölmagandek ketişda davom etganini köriş mumkin.
Ota bir qança fursatdan keyingina qizi yöqolgani haqida bong ura boşlagan. U qizi şunçaki köçada öynab yuribdi, deb öylagan. Politsiya kameradagi yozuvlarni örganib, jinoyatçini 6 soatdan keyin topişga muvaffaq bölgan.
Ta'kidlanişiça, naşr qizçaning salomatligi va erkak nima sababli bu işni sodir etgani haqida ma'lumotlarga ega emas.

















