13 may kuni Mumbayning Gatkopar tumanida 70 ga 50 metr hajmidagi bilbord turar joy binosi va yonilği quyiş stansiyasi ustiga qulab tuşgan, bu vaqtda şaharga kuçli yomğir va qum böroni yopirilgandi.
BBC News xabariga köra, kuçli şamol daraxtlarni ildizidan qöporib taşlab, yöllarda tartibsizlik yuzaga keltirgan, elektr ta’minotida uzilişlar kelib çiqqan.
Voqea joyida olingan kadrlarda reklama konstruksiyasi şamol ta’sirida silkingani, keyin esa quriliş, odamlar va stansiyada turgan maşinalar ustiga qulagani aks etgan.
Rasmiylar xabariga köra, qutqaruv amaliyotiga politsiyaçilar, öt öçiruvçilar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş böyiça jamoalar jalb etilgan.
Mahalliy rasmiylar bilbord hajmi ruxsat berilganidan bir neça bor katta ekani va reklama agentligi uni noqonuniy örnatganini ma’lum qilgan. Kompaniya şahardagi şu kabi barça reklama taxtalarini olib taşlaş va konstruksiyalarni demontaj qiliş böyiça körsatma olgan.
Times of India naşri aniqlik kiritişiça, kompaniya tegişli organlar ruxsatini olmasdan jami sakkizta reklama lavhasi örnatgan. Qulab tuşgan konstruksiya vazni 250 tonnani taşkil etgan.


















