Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston temir yo‘llari Qirg‘iziston janubidan barcha turdagi yuklarni tashishda 30% chegirma berdi
Foto: Tazabek.kg
2018 yil 22 fevraldan 2018 yil 31 dekabriga qadar O‘zbekiston temir yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi hududidan Qirg‘iziston Respublikasi janubiy mintaqalari yo‘nalishi bo‘ylab tranzit orqali va ortga yo‘nalishda barcha turdagi tovarlarni olib o‘tish uchun chegirmalar taqdim etdi. Bu haqda «KTJ» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, barcha yuklarni tashish uchun 30 foizlik chegirma taqdim etilgan.
«Avvalroq, agarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuklarni tashish hajmi 300 ming tonnani tashkil etsa, keyingi yuklar 30 foizlik chegirma bilan tashilishi xabar berilgandi. 2017 yilning 13-14 dekabr kunlari Toshkent shahrida ikki davlat prezidentlari darajasida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta'minlash maqsadida Qirg‘iziston temir yo‘llari O‘zbekiston temir yo‘llariga 2018 yilning yanvaridan Qirg‘iziston temir yo‘llarining Janubiy bo‘linmasi bekatlari, shuningdek, ortga yo‘nalishda, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitda barcha yuklarga 30 foizlik chegirma taqdim etish taklifi bilan murojaat qildi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:53
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026