Avstraliyalik suzuvçi Jorj Korons 99 yoşida 50 metr masofaga suziş musobaqasida rekord örnatdi.
100-104 yoşlilar guruhida iştirok etgan qariya masofani 56,12 sekundda suzib ötdi, deb xabar beradi BBC.
Jorj 2018 yil aprel oyida 100 yoşga töladi. U musobaqada yolğiz özi iştirok etdi va 2014 yilda örnatilgan, 1 daqiqa 31 soniyaga teng bölgan avvalgi rekordni yangilaşga muvaffaq böldi.
Musobaqadan söng, Korons erişgan natijasidan mamnun ekanini aytdi. Şuningdek, uni qöllab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorçilik bildirdi.
Sportçi yoşligida professional suzuvçi bölganini, biroq, Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç, bu işini taşlab qöyganini, faqat 80 yoşga kirganida yana basseynga qaytganini aytdi.
Endi Jorj 3 mart kuni 100 metrga suziş böyiça musobaqada iştirok etadi. U 3 daqiqa 23 soniyaga teng bölgan rekordni yangilaşga jiddiy bel boğlagan.

















