Microsoft hammuassisi va Stratolaunch Systems egasi Pol Allen ançadan beri muhokamalarga sabab bölayotgan loyiha — dunyodagi eng katta samolyotni körsatdi. Stratolaunch - haqiqatda ulkan samolyot. Şu qadar ulkanki, unga alohida kabinali ikki fyuzelyaj kerak böladi. Loyihani hatto samolyot deyiş ham qiyin: uni köproq orbitaga yuklarni taşiş usulini özgartirişga yönaltirilgan suborbital havo kemasi desak, töğriroq böladi. Don'tPanic gigant-samolyotga doir ma'lumotlari bilan bölişdi.

Gigant uçun uy

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Samolyot Stratolaunch Systems kompaniyasi muhandislari tomonidan işlab çiqilgan — hozirda ular kosmik raketaning yana bir ajoyib loyihasi ustida iş olib borişmoqda. Kompaniya mutaxassislari samolyotga start berişdan avval quriliş jarayonlarida xalaqit bergan uç qavatli örmonni olib taşlaşlariga töğri kelgan.

U nima uçun kerak?

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Pol Allen yer atrofi orbitasiga çiqişning qulay va işonçli vositasini yaratişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Boşqaça aytganda, Stratolaunch stratosferadan yer atrofi orbitasiga raketa-taşiş uçun öziga xos platforma vazifasini ötaydi.

Yerdagi tezlik

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

26 fevral kuni Pol Allen videolarning birinçi seriyasini taqdim etdi. Unda samolyotning uçiş yölakçasi böylab sinovlari namoyiş qilingan. Stratolaunch 74 km/s tezlikni qayd etdi. Bu ulkan havo kemasini osmonga kötariş uçun yetarli tezlik emas - samolyot yerdan havoga kötarilişi uçun öz tezligini kamida ikki baravarga oşirişi kerak.

Loyiha kölami