Microsoft kompaniyasining marhum hamasosçisi Pol Allenning Vulcan xolding kompaniyasi dunyodagi eng katta samolyot Stratolaunch bilan boğliq loyihani 400 mln dollarga sotmoqçi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda CNBC telekanali xabar berdi.  

Stratolaunch samolyot-taşuvçisi 9,1 ming metr balandlikdan orbitaga raketalar uçiriş uçun möljallangan. Dastlab Stratolaunch Systems aerokoinot kompaniyasi samolyotdan sun'iy yöldoşlarni yer atrofi orbitasiga uçirişga möljallangan Pegasus XL qanotli raketasini uçirişni rejalaştirmoqda. Kelgusida samolyot öz bortiga 3 tagaça raketa olişi mumkin.

Aprel örtalarida Stratolaunch ilk parvozini amalga oşirgandi. Samolyot Moxava çölidagi (Kaliforniya) poligondan havoga kötarilib, 5 kmdan köproq balandlikda 304 km/soat tezlik bilan 2,5 soat parvoz qilgan. Uşbu parvoz davomida samolyotning uçiş-texnik körsatkiçlari baholangan. 

Telekanal ma'lumotlariga köra, loyiha uçun söralayotgan narx içiga samolyotga egalik qiliş huquqi, intellektual mulk va loyiha bilan boğliq infratuzilma kiradi.

Ma'lum qilinişiça, kompaniya britaniyalik milliarder Riçard Brensonga loyihani Virgin Group kompaniyasiga sotiş taklifi bilan murojaat qilgan, biroq milliarder göyoki loyiha uçun ramziy 1 dollar taklif qilgan. 

Telekanalning ta'kidlaşiça, Stratolaunch ham, Vulcan ham samolyotning sotilişi haqidagi axborotga izoh bermagan, biroq kompaniya vakili samolyot foydalanişga tayyorligini ma'lum qilgan.